← Bosh sahifa

Ommaviy oferta

Mudarris onlayn arab tili kursi bo'yicha xizmat ko'rsatish shartlari.

1. Xizmat

Mudarris akademiyasi onlayn arab tili kursini o'tkazadi: Zoom orqali jonli guruh darslari (haftada 3 marta, har biri 1 soat 20 daqiqa), dars yozuvlari va uy vazifalari. Kurs davomiyligi — 6 oy. Kurs faqat arab tilida o'qish va yozishni o'rgatadi.

2. Tariflar va narx

To'lov oyma-oy, oldindan amalga oshiriladi. Keyingi oy uchun to'lov joriy oy tugashidan oldin qilinadi.

3. To'lov

To'lov Payme yoki Click orqali qabul qilinadi. To'lovni Mudarris akademiyasining onlayn hamkori — «Oson arab tili» xizmati (LOLAMARKET GROUP MChJ) kassasi qabul qiladi, shu sababli to'lov sahifasida va chekda «Oson arab tili» nomi ko'rsatiladi.

4. Kursga kirish

To'lov tasdiqlangach o'quvchiga Telegram guruh havolasi beriladi. Guruhda dars jadvali, Zoom havolasi va e'lonlar joylanadi. Havolani boshqa shaxslarga berish taqiqlanadi.

5. To'lovni qaytarish

Guruh darslari boshlanmagan bo'lsa, to'lov to'liq qaytariladi. Darslar boshlangandan keyin qaytarish masalasi o'tilgan darslar soniga qarab alohida ko'rib chiqiladi. Qaytarish uchun Mudarris akademiyasiga murojaat qilinadi.

6. Shaxsiy ma'lumotlar

Ism va telefon raqami faqat kursni tashkil qilish va o'quvchi bilan bog'lanish uchun ishlatiladi va uchinchi shaxslarga berilmaydi.

7. Rozilik

To'lovni amalga oshirish ushbu oferta shartlariga to'liq rozilik bildirishni anglatadi.